AsosiyJamiyat

Bugun Navoiy va Toshkentda koronavirusga chalingan yana 42 nafar bemor tuzaldi

'Bugun Navoiy va Toshkentda koronavirusga chalingan yana 42 nafar bemor tuzaldi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Navoiy viloyatida 33  nafar, jami 42 nafar bemor sog`aydi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 8 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug`ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, sog`aygan bemorlarning 5 nafari poytaxtlik,  2 nafari Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan, yana bir nafari esa Samarqand viloyati Qo`shrobod tumanidan.

Navoiy viloyatidan tuzalganlarning 25 nafari erkak, 8 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi  50 yoshda, yoshi kichigi 2013 yil tug`ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, 31 nafari viloyatning o`zidan,  2 nafari esa Namangan viloyatidan.  

Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 1939  nafarga etdi. Navoiy viloyatida esa ushbu ko`rsatkich 214 nafarga etdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog`ayganlar soni 3985 nafarga etdi.

    Boshqa yangiliklar