AsosiyJamiyat

Toshloq tumanidagi mahallada yuk mashina bolani urib ketib halok qildi

'Toshloq tumanidagi mahallada yuk mashina bolani urib ketib halok qildi'ning rasmi

12 iyun kuni fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Gaz-53” rusumli avtomashinasini Ko`lariq MFY hududida boshqarib ketayotib, yo`lni qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan voyaga etmagan E.M.ni urib yubordi, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati. 

YTH natijasida bola tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi  tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Hurmatli haydovchilar!

Yo`l harakati qoidalariga amal qiling.Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang", - deyiladi xabarda.  

                                        

    Boshqa yangiliklar