1

Yulduz Usmonovaning lisenziyasi to`xtatilganmidi?

Madaniyat 15.06.2020, 20:31
Yulduz Usmonovaning lisenziyasi to`xtatilganmidi?

Yo`q, Yulduz Usmonovaning lisenziyasi to`xtatilmagan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

"Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning lisenziyasi bekor qilinganligi, hamda xonanda ijrosidagi qo`shiqlar telekanalar efirlaridan olib tashlanganligi to`g`risida xabarlar tarqaldi.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati ushbu xabarlar asossiz ekanligini ta`kidlaydi. Yu.Usmonova o`z faoliyatini davom ettirmoqda va uning ijodiy faoliyatida hech qanday cheklovlar o`rnatilmagan", – deyiladi vazirlik izohida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1