2020 yil 15 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5263 (+109) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan), 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog`aygan.
ozirda mamlakatimizda 1225 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






