AsosiyJamiyat

Bugun harorat biroz o`zgaradi. Ob-havo ma`lumoti

'Bugun harorat biroz o`zgaradi. Ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 16 iyun kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan  

5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi  

20-22°, kunduzi 36-38° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda  

15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

 

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 37-42° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar