Bu yil 800 ming nafarga yaqin kishi Evropa mamlakatlaridan ularga qochqin maqominiberishlarini so`ragan. Bu o`tgan yilnikiga qaraganda, ikki baravarga ko`pdir. Bu haqda 29 oktyabr kuni BMT Oliy komissiariatining qochqinlar masalasi bo`yicha boshqarmasi ma`lumotiga asoslanib, Times gazetasi ma`lum qilmoqda, deya xabar beradi kun.uz nashri.
"Yil boshidan beri Evropaning 38 mamlakatida har oyda 60 dan 115 ming nafar kishi qochqin maqomini olmoqda. O`tgan yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar 397 ming kishining ana shunday maqomga ehtiyoji bor edi. Bu yilning hisob-kitoblariga ko`ra, ushbu ko`rsatkich 834 ming nafarni tashkil etmoqda ", - deb ma`lumot beradi BMT Oliy komissiariatining qochqinlar masalasi bo`yicha boshqarmasi.
Suriya, Afg`oniston va Iroqdan kelgan aksariyat kishilar EIning rivojlangan mamlakatlaridan ushbu maqomni olishga intilishadi.





