2020 yil 16 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5293 (+30) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.
❗️Ayni paytda yurtimizda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog`aygan.
❗️Hozirda mamlakatimizda 1255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 14 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






