AsosiyJamiyat

Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari bilan 26 mlrd dollardan ko`proq qiymatga bitimlar tuzdi

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe va mamlakat tadbirkorlari 28 oktyabrda o`z uylariga Markaziy Osiyo davlatlari bo`ylab bir haftalik safardan 26 mlrd dollardan ko`proq qiymatga tijorat bitimlari tuzgan holda qaytishdi. Bu haqda kun.uz xabar berdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Abe bosh vazir sifatida birinchi marta Turkmaniston, Tojikiston va Qirg`izistonga tashrif buyurdi.

Abe O`zbekistonga tashrifi davomida umumiy qiymati 8,5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi, energetika, transport va kommunikasiya sohalarida bir qator kelishuvlarni imzoladi.

Abe Turkmanistonga tashrifi davomida tabiiy gaz konlarini qazish bo`yicha zavod va boshqa korxonalarni qurish bo`yicha 18 mlrd dollarlik bitim tuzdi.

Yaponiya bosh vaziri Qirg`izistonga 100 mln dollarlik va Tojikistonga sal kam miqdorda yordam ko`rsatishga va`da berdi.

    Boshqa yangiliklar