O`zbekiston davlat konservatoriyasining O`zbek maqom san`ati fakulteti hamda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining tegishli ta`lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlovchi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta`lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati instituti tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov -Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Endilikda Madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.






