2020 yil 16 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5328 (+35) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1290 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






