AsosiyDunyo

KXDR Keson shahridagi koreyalararo aloqa idorasini portlatib yubordi

'KXDR Keson shahridagi koreyalararo aloqa idorasini portlatib yubordi'ning rasmi

Koreya Respublikasining Birlashish vazirligi KXDR mahalliy vaqt bilan (16 iyun) soat 14:49da aloqa idorasini portlatganini ma`lum qildi. Avvalroq harbiy manbalar chegara yaqinidagi Keson shahrida tutun isi sezilib, portlash ovozi eshitilganini xabar qilishgan.

Portlash KXDR etakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon shanba kuni kechqurun butun dunyo KXDR va Janubiy Koreya o`rtasidagi aloqa idorasining foydasizligini ko`rishi to`g`risida ogohlantirganidan bir necha kun o`tgach sodir bo`ldi.

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning Pxenyanni tanqid qilgan varaqalar tarqatilishini nazorat qilish imkoniyatiga ega emasligidan g`azablandi. Pxenyan Janubiy Koreyaga barcha transchegaraviy aloqa liniyalari yopilishini, shuningdek boshqa choralarni, shu jumladan harbiy operasiyalarni amalga oshirish bilan tahdid qildi.

Rasmiylarning so`zlariga ko`ra, portlashdan keyin Janubiy Koreya chegara nazoratini kuchaytirdi va qo`shinlarni yuqori tayyorgarlikka keltirdi.

Portlatilgan pochta aloqasi bo`limi 2018 yil sentyabr oyida KXDR va Janubiy Koreya rahbarlari o`rtasidagi muzokaralar chog`ida koreyalararo almashinuv va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ochilgandi. Bo`lim koronavirus pandemiyasi bilan bog`liq xavotir tufayli yanvar oyining boshida o`z faoliyatini to`xtatgan.

    Boshqa yangiliklar