AsosiyJamiyat

Qidiruvda bo`lgan surxondaryolik otalardan aliment qarzdorliklari undirildi

'Qidiruvda bo`lgan surxondaryolik otalardan aliment qarzdorliklari undirildi'ning rasmi

MIB xaborot xizmati qidiruvda bo`lgan otalardan aliment pullari undirilgani haqida xabar qildi. 

Fuqarolik ishlari bo`yicha Termiz tumanlararo sudining 2015 yil  10 avgust kunidagi qaroriga asosan Sherobod tumanida yashovchi S.Saidqulovdan bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risida ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Sherobod tuman bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

S.Saidqulov bir nafar farzandining moddiy ta`minotini to`lashdan bo`yin tovlab qochib yurganligi sababli unga nisbatan joriy yilning  16 mart kuni qidiruv e`lon qilingan.  

Byuroning Sherobod tuman bo`limi tomonidan olib borilgan qidiruv natijalariga ko`ra joriy yilning 11 iyun kuni qidiruvdan topilib, ijro harakatlariga kirishilgan hamda bir necha yillardan buyon yig`ilib qolgan  6 million 458 ming so`m aliment pullari to`liq undirildi.

Karantin sababli uyda qolayotgan S.Saidqulovning sobiq turmush o`rtog`i farzandi uchun zarur bo`lgan ta`minotning undirib berilganligidan o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Xuddi shuningdek, FIB Boysun tuman sudining 2016 yil 14 oktyabrdagi qarori bilan Sh.Asatovdan voyaga etmagan bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining birdan to`rt qismi miqdorida aliment undirish to`g`risida ijro hujjati yuzasidan 2020 yil 09 mart kuni Byuroning Sherobod tuman bo`limi tomonidan unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

Olib borilgan qidiruv natijalariga ko`ra joriy yilning 9 iyun kuni Jarqo`rg`on tumanidan topilib, aliment to`lash shartligi aks xolda  

15 sutka ma`muriy qamoq jazosi qo`llanilishi tushuntirilganda, oylar davomida yig`ilib qolgan 5 million so`m aliment qarzdorligini to`liqligicha to`lab berdi.  

Byuroning tuman bo`limi tomonidan mazkur otalarga nisbatan qidiruv qarorlari bekor qilinib, aliment pullarini o`z vaqtida to`lab borishligi tushuntirildi.  

 

    Boshqa yangiliklar