O`zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov va Namangan viloyati rahbariyati bir guruh xorijlik investorlar bilan onlayn muzokaralar o`tkazdi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligining axborot xizmati.
Muloqot davomida Chexiyaning PSP Engineering kompaniyasi qiziqish bildirayotgan bazalt tog` jinsini qayta ishlash loyihasi muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar yakuni bo`yicha PSP Engineering vakillari Namangan viloyatida sement zavodi qurishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Hozirda injiniring masalalari va loyihaning asosiy hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Pro Euro Cement qo`shma korxonasi Arona International b.v. va PSP Engineering kompaniyalari bilan hamkorlikda ushbu loyiha buyurtmachisi hisoblanadi. Zavodning qurilish muddati o`rtacha 3 yilni tashkil etiladi. Mazkur loyihani amalga oshirish ishlari tarmoq jadvali asosida amalga oshiriladi.






