AsosiyDunyo

Indoneziya va malayziyalik musulmonlar bu yil haj safariga borishmaydi

'Indoneziya va malayziyalik musulmonlar bu yil haj safariga borishmaydi'ning rasmi

Indoneziya va Malayziya joriy yilda o`z fuqarolarini koronovirus pandemiyasi tufayli Haj safariga  yubormaydi. Bu haqda islam-today.ru internet sayti ma`lumotiga tayanib, Din ishlari bo`yicha qo`mita xabar beradi. 

Indoneziya Din ishlari bo`yicha vaziri Faxrul Rozi hukumat Haj-2020 safarini bekor qilish haqida qaror qabul qilganini va bu qarorga kelish oson bo`lmaganini, biroq haj davrida ziyoratchilar xavfsizligi uchun ma`sul ekanini aytgan.

“Avvalroq Indoneziya xavfni kamaytirish maqsadida hajga ziyoratchilarning yarmini jo`natishni rejalashtirgan edik, keyinchalik esa umuman hech kimni  Saudiya Arabistoniga yubormaslikka qaror qilindi” degan Faxrul Rozi.

Ma`lumot uchun, Indoneziya aholi soni bo`yicha eng katta musulmon davlati bo`lib, unga beriladigan haj kvotasi 221 ming nafar hojini tashkil qiladi. Ularning 90% uchun mehmonxonalarda joylar band qilingan edi.

Shuningdek, Malayziya Din ishlari bo`yicha vaziri Zulkifi Muhammad al-Bakriy Malayziya hukumati ham koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat Saudiya Arabistoni va butun dunyoda salbiyligicha saqlanib qolayotganini e`tiborga olib, bu yil o`z fuqarolarini Haj safariga yubormaslik borasida qaror qabul qilganini ma`lum qilgan. 

“Bu qarorni qabul qilish juda qiyin bo`ldi, chunki musulmon inson uchun haj safarini naqadar muhim ekanini hammamiz yaxshi bilamiz, lekin mavjud vaziyat shuni talab qildi”, degan Muhammad al-Bakriy.

    Boshqa yangiliklar