AsosiyJamiyat

Surxondaryoda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

'Surxondaryoda aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 17 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 (+68) nafarni tashkil etmoqda.

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining 62 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog`aygan.

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 1446 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 13 nafari og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar