AsosiyJamiyat

Chilonzorda bodikamerasiz xizmat olib borgan YPX inspektoriga “Tanbeh” e`lon qilindi

'Chilonzorda bodikamerasiz xizmat olib borgan YPX inspektoriga “Tanbeh” e`lon qilindi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 4-batalon 5-safarbarlik guruhi YPX inspektori A.Vaxidov joriy yilning 13 may kuni Chilonzor tumani, TXAY ko`chasida bodikamerasiz xizmat olib borgani va haydovchi 1993 y.t. E.U.ning talabiga ko`ra dislokasiya ko`chirmasini taqdim eta olmagani yuzasidan mas`ul xodimlar tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotgan edi.  Bu  haqda  IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur xizmat tekshiruvi o`z yakuniga etib, xulosasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom talablarini buzganligi uchun YPX inspektori A.Vaxidovga nisbatan “Tanbeh” intizomiy jazosi e`lon qilindi.      

 

    Boshqa yangiliklar