AsosiyDunyo

Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida koronavirus yashashi mumkin

'Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida koronavirus yashashi  mumkin'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasi muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida 2-3 oygacha yashashi mumkin. Bu haqda Pekin Kasalliklar profilaktikasi va nazorati  markazi  etakchi epidemiologi U Szunyu ma`lum qilgan.

Uning so`zlariga ko`ra, harorat qancha past bo`lsa, virus shuncha uzoq yashaydi. Mutaxassis, koronavirusga chalinmaslik uchun  import qilingan qishloq xo`jaligi mahsulotlari yoki muzlatilgan mahsulotlardan voz kechishni maslahat bergan. Uning yana bir tavsiyasiga ko`ra, oziq-ovqat  mahsulotlari,  meva-sabzavotlarni faqat pishirilgan holda iste`mol qilgan ma`qul.

    Boshqa yangiliklar