Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 11 nafar hamda Samarqand viloyatida 4 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi va o`z uylariga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlar 11 nafari erkak, 9 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi esa 2017 yilda tug`ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Toshkent shahridan 4 nafar, Farg`ona viloyatidan 3 nafar, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatidan 1 nafardan.
Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 3 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 47 yoshda, kichigi esa 2019 yilda tug`ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent shahridan 6 nafar, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Samarqand, Farg`ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar 2062 nafarga etdi.
Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi (erkak) ushbu viloyatdan. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 31 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 372 nafarga etdi.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 4131 nafarni tashkil etmoqda.






