AsosiyJamiyat

Virusologiya laboratoriyalarida oxirgi bir kunda 19 010 ta koronavirus testi o`tkazildi

'Virusologiya laboratoriyalarida oxirgi bir kunda 19 010 ta koronavirus testi o`tkazildi'ning rasmi

Mamlakat bo`ylab 5561 kishida kasallik aniqlangan, ulardan 4 096 nafar (76 foiz) bemor butunlay sog`aydi, 1 446 nafar bemor davolanmoqda.

So`nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 1568 ta holatning 888 nafari (57%) aholi orasida, 680 nafari (43%) xorijdan kelgan fuqarolar orasida aniqlangan.

Epidemik vaziyat noxush bo`lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo`lgan 51,431 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan, 29 034 nafari uy sharoitida, 22,397 nafari stasionar sharoitda karantinga olingan.

 Uy sharoitida 326,979 nafar, stasionar sharoitida 103,579 nafar fuqarolar karantindan chiqarildi.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 19 010 ta, epid mavsum davomida 944 189ta test sinovi o`tkazildi.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o`rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar