AsosiyDunyo

Tojikiston 1 iyuldan O`zbekiston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

'Tojikiston 1 iyuldan O`zbekiston bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi'ning rasmi

1 iyuldan boshlab Tojikiston O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklamoqchi. Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash bo`yicha shtab tomonidan bu boradagi qabul qilindi, deb yozmoqda Asia-Plus.

Ma`lum bo`lishicha mazkur reyslarga chiqiuvchi yo`lovchilar sog`lig`i haqida tibbiy ma`lumotnomaga ega bo`lishi kerak.

Tojikiston Fuqaro aviasiyasi agentligi Rossiya, Turkiya va Xitoyga parvozlarni tashkil qilish masalasini o`rganib chiqadi va koronavirusga qarshi kurash shtabiga takliflar beradi.

Tojikiston 20 martdan boshlab mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida barcha aeroportlarini yopgan. Biroq keyinroq Tojikiston xorijdagi fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslarni amalga oshirishi ma`lum bo`lgan.

Xitoy bilan aviaqatnovlar esa yanvar oyining oxirida to`xtatilgandi. Toshkent va Dushanbe o`rtasidagi aviaqatnovlar 16 mart kuni to`xtatilgan.

    Boshqa yangiliklar