Koronavirus holatlari aniqlangani sababli Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasi, Yunusobod dehqon bozori va Uchtepa tumanidagi «O`rikzor» savdo kompleksi faoliyati to`xtatildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Bundan tashqari, shahardagi 71 ta mahalla epidemiologik nuqtai nazardan «qizil» hududga kiritilib, mazkur mahallalarga kirish va chiqish joylari yopiladi va stasionar postlar o`rnatilib, u erda Toshkent shahar IIBB xodimlari, Milliy gvardiya xizmatchilari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xodimlari navbatchilik qilishadi. Mahallalar hududlarida sutkalik navbatchilik tashkil qilinadi va qat`iy nazorat o`rnatiladi.
Toshkent IIBB «qizil» hududda yashovchi fuqarolarga uydan faqat oziq-ovqat va dori mahsulotlarini xarid qilish uchun chiqish mumkin. Shu bilan birga albatta tibbiy niqob taqish zarur.
Epidemiologik xavf bo`yicha «qizil» toifaga kiritilgan Toshkent mahallalari (tumanlar bo`yicha) ro`yxati:
Mirobod tumani: «Fayzobod»;
Mirzo Ulug`bek tumani: X. Abdullaev nomidagi, «Oqqo`rg`on», «Avayxon», «Yangi Avayxon», «Sho`rtepa»;
Yunusobod tumani: «Tiklanish», «Turkiston», «Xalkabog`», «Iftixor», «Nurmakon», «Oqtepa», «Sharq haqiqati», «Sobirobod»;
Yashnobod tumani: «Ko`ksaroy», «Qo`yliqobod», «Go`zal», «Mashinasozlar», «Tong», «Katta-Qo`ylik», «O`rta Masjid»;
Uchtepa tumani: «Bog`iston», «Nishabarik», «Degrez», «Takachi», «Xayratiy», «O`rikzor», «Ko`rkamobod»;
Yakkasaroy tumani: «Muqimiy», «Qushbegi»;
Shayxontohur tumani: «Shodlik», O. Xujaev nomidagi, «Bog`ko`cha», «Kamolon», «Chaqar», «Jangoh», «Yangi Beltepa», «Gulobod», «Zafarobod», «Eshonguzar»;
Sergeli tumani: «Habibiy», «Yangi Sergeli», «Ezgulik», 8-chi va 9-chi sanoat hududlari;
Olmazor tumani: «Shodiyona», «Istiqbol», «Nihol», «Yoshlik», «Chig`atoy Oqtepa», «Gulzor», «Ahil», «Guruch ariq», «Islom ota», «Chuqurskoy», «Sebzor», «Xonchorbog`», «Qushtut», «Eski shahar», «Universitet», Mirzo G`olib nomidagi, «Alloy», «Olimpiya», «Shifokorlar»;
Bektemir tumani: «Binokor», «Abay»;
Chilonzor tumani: «Qatortol», «Katta Qozirobod», «Katta Chilonzor-2», «Guliston», «Yakka tut».
10 iyun kuni Toshkent shahrida 42 ta mahalla «qizil» hududga kiritilgan edi.






