Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches 16 iyul kuni mamlakat miqyosida koronavirus pandemiyasidan vafot etgan 27 000 kishini xotirlash marosimi o`tkazilishini ma`lum qildi, deya yozdi geosiyosat kanali.
Uning so`zlariga ko`ra, marosimda Ispaniya qiroli Filipp VI, Evropa Ittifoqi va Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining oliy darajali rasmiylari ishtirok etadi.
Koronavirus tarqalgandan boshlab Ispaniya eng qattiq izolyasiya rejimini joriy etgandi. Ushbu pandemiyani engish uchun mamlakatga ikki oy vaqt ketdi.
Ispaniyada 244 ming kishi koronavirus yuqtirgan. Mamlakatda pandemiya qurbonlari soni 27 136 nafarga etdi.






