Niqobda sayr qilish, sport bilan shug`ullanish mutlaqo xavfsiz. Agar odamda surunkali kasalliklar yoki sport bilan shug`ullanishga qarshi ko`rsatmasi bo`lsa, mashg`ulotlarni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Sport bilan shug`ullanishda nafas olish tezlashadi, aerozol hosil bo`lishi ko`payadi va u yanada ko`proq masofaga tarqaladi. Tibbiy niqoblar — aerozol tarqalishiga to`sqinlik qiladi, chunki ularning tarkibida koronavirus bo`lishi ehtimoli bor.
Toza havodan nafas olish uchun tashqariga chiqqanda niqob taqishdan ma`no nima?
Toza havodan nafas olish va quyosh nurlarida toblanish uchun ko`chaga chiqish o`ta muhim. Niqob sizga toza havodan nafas olishga xalaqit bermaydi.






