AsosiyJamiyat

Elektr energiyasi uzilishlari sababi nimada?

Har yili oktyabr oyi yarmidan Yakkabog` tumani hududida elektr energiyasi berilishida uzilishlar paydo bo`ladi. Bunga sabab nima?

Z.Nazarov, Qashqadaryo viloyati

Yakkabog` tumani

Darxon MFY Dotkush qishlog`i

U.Xakimov, “O`zbekenergo” DAK boshqarma boshlig`i o`rinbosari javob beradi:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli Qarori 7-bandida, Iste`molchi o`ziga tegishli elektr tarmoqlariga ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida kuchlanishi 1000 voltgacha bo`lgan qo`shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta`minoti uchun qo`llanishdan tashqari) deb belgilab qo`yilganligiga qaramasdan isitish va issiq suv ta`minoti uchun foydalanishlari oqibatida elektr energiyaga bo`lgan talab keskin oshib ketishiga olib kelmoqda. Natijada energetika tizimidagi avariyalarning oldini olish maqsadida 110 kVkuchlanishli havo elektr uzatish tarmog`ida UON (ustroystva otklyuchenie nagruzki) avtomat tizimi ishlash holatlari kuzatilmoqda.

Bundan tashqari foydalnilgan elektr energiyasidan qarzdor bo`lgan iste`molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish hamda rejali ta`mirlash ishlarini olib borish vaqtida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida elektr tarmoqlaridan almashlab ulash ishlari bajarilgan.

Shuningdek, savol muallifi istiqomat qiluvchi hududning foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorligi mavjud. Qishloq fuqarolarining xonadonlariga mustahkam elektr energiyasini etkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 iyuldagi “Energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarishni tashkil etish va ulardan foydalanishga bosqichma-bosqich o`tish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 161-sonli qaroriga asosan cho`g`lanma lampalarni zamonaviy tejamkor lampalarga almashtirish, elektr energiyasidan samarali foydalanish va mavjud qarzdorlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish tavsiya etiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar