Gonduras prezidenti Huan Orlando Hernandezga koronavirus tashxisi qo`yildi.Endi u yordamchilarining ko`magida masofadan turib ish olib boradi. Bu haqda prezidentnig o`zi 16 iyun kuni ma`lum qilgan, yozgan Izvestiya nashri.
“Mamlakat prezidenti va mas`uliyatli fuqaro sifatida shuni ma`lum qilmoqchimanki,o`tgan hafta oxiridan boshlab o`zimni yomon his qila boshladim.Bugun menga COVID-19 tashxisini qo`yishdi. Shifokorlar menga dam olishni tavsiya qilishdi. Lekin men yordamchilarim orqali masofadan ishlashni davom ettiraman”, degan, Hernandez o`zining televideniya orqali qilgan nutqida.
Hernandezda koronavirusning uncha xavfli bo`lmagan alomatlari bor va hozirda u o`zini yaxshi his qilmoqda. Uning ayoli Ana Garsia De Hernandez va yana ikki yordamchisida ham koronavirus borligi aniqlangan. Ayni paytda ular ham davolanmoqda.






