1

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboevning koronavirusdan tuzalib ketishiga ishonch bildirib, maktub yo`lladi

Siyosat 19.06.2020, 08:25
Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboevning koronavirusdan tuzalib ketishiga ishonch bildirib, maktub yo`lladi

Avval xabar qilganimizdek, Qozog`istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev koronavirusga chalindi. O`zbekiston PRezidenti Shavkat Mirziyoev Elboshiga sog`ik tilab, maktub yo`lladi:

"Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev Janobi Oliylariga

Muhtaram Nursulton Abishevich!

Sizning koronavirus kasalligiga chalinganingiz to`g`risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.

Hayotingizdagi ushbu sinovli va murakkab paytlarda biz uchun hamisha cheksiz ehtiromga sazovor bo`lib kelgan Siz, aziz og`amni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyorligimni va yaqin ko`makdosh ekanligimni yana bir bor chin qalbdan ma`lum etmoqchiman.

Hech shubhasiz, qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli engib o`tib, shifo topishingizga va tuzalib ketishingizga ishonchim komildir.

Qadrli Nursulton Abishevich, Sizga Qodir Allohdan mustahkam sihat-salomatlik, kuch-quvvat, uzoq umr va yangi zafarlar ato qilishini so`rab qolaman.

Tez orada Siz bilan diydor ko`rishish baxtiga muyassarlik nasib etishiga umid qilaman.

Hurmat bilan,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Shavkat Mirziyoev".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1