1

Zimmamizdagi vakillik mas`uliyatini xis qilmas ekanmiz, ishimizda natija bo`lmaydi — Tanzila Narbaeva

Siyosat 19.06.2020, 11:13
Zimmamizdagi vakillik mas`uliyatini xis qilmas ekanmiz, ishimizda natija bo`lmaydi — Tanzila Narbaeva

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi  Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida bo`lib o`tmoqda. Xabar berganimizdek unda  Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

"Bugun mas`uliyat va fidoyilik har qachongidan ham muhim. Boisi, davrning o`zi oldimizga murakkab va dolzarb vazifalarni qo`ymoqda. Eskicha yondashuvlar va ishlash uslublari bilan uzoqqa bora olmaymiz.

Biz – xalq vakillari har qachongidan ko`ra ko`proq ishlashimiz, odamlarimizni tashvishga solayotgan masalalar echimi ustida bosh qotirishimiz kerak. 

Hududlarga chiqqanda ko`ryapmiz: muammo ko`p, odamlarda savollar to`planib qolgan. Lekin hamma senatorlar ham ularni eshityapti, deya olmaymiz.

Biz hududlarga chiqqanda ijro organlari yoki boshqa tuzilmalar vakillaridan ishchi guruh tuzib, muammo axtarib yuribmiz. Aslida hududlardagi senatorlarimiz, deputatlarimiz bizni “muammolar portfeli” bilan kutib olishi yoki markazdan ishchi guruhi kelishini kutib o`tirmasdan muammolarni Senat yoki mahalliy Kengash muhokamasiga kiritib borishi kerak emasmi?! Buning uchun vakolatlar etarliku!

Ijtimoiy tarmoqlarga kirib ko`ring, har kuni bir muammo bor. Hamma muhokama qiladi, munosabat bildiradi, xulosalarini aytadi, lekin o`sha joydagi senatorlarimiz – jim. Vaholanki, yuqoridagi kabi muhim masalalarni mahalliy Kengashlar sessiyalarida yoki Senat majlislari muhokamasiga olib chiqish mumkin-ku! Zimmamizdagi vakillik mas`uliyatini xis qilmas ekanmiz, ishimizda natija bo`lmaydi" deydi Tanzila NARBAEVA o`z nutqida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1