1

Yaponiyalik olimlar koronavirus vaksinasining klinik sinovini o`tkazmoqda

Salomatlik 19.06.2020, 11:24
Yaponiyalik olimlar koronavirus vaksinasining klinik sinovini o`tkazmoqda

Osaka prefekturasining sog`liqni saqlash idoralari mahalliy universitetlar bilan birgalikda COVID-19 virusiga qarshi vaksinani ishlab chiqishmoqda. Namuna sinovlari hayvonlarda o`tkazildi.

Osaka gubernatori Yoshimura Xirofumining so`zlariga ko`ra, klinik sinovning birinchi bosqichida 20-30 nafar tibbiyot xodimlari emlanadi. Prefektura rahbarining so`zlariga ko`ra, antivirus preparatlari va vaksinalarni ishlab chiqish juda muhimdir. Osaka ushbu maqsad sari birinchi qadamni tashlamoqda.

Vaksina xavfsiz deb topilsa, Osaka prefekturasi hukumati oktyabr oyida yana yuzlab odamlarni sinovdan o`tkazishni rejalashtirmoqda.

Agar vaksina muvaffaqiyatli bo`lsa, Yaponiya 2020 yil oxiriga qadar 200 000 dozani ishlab chiqarishni va kelasi yil regulyatorlardan rozilik olishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1