1

Xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a`zosi bo`lish yo`lidagi navbatdagi muhim qadam qo`yildi

Siyosat 19.06.2020, 13:57
Xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a`zosi bo`lish yo`lidagi navbatdagi muhim qadam qo`yildi

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Bo`g`uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo`llanilishini taqiqlash to`g`risidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qo`shilishi haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni ko`rib chiqildi.

Ushbu Protokol 1972 yilning 10 aprel kuni Moskva, London va Vashington shaharlarida imzolangan bakteriologik (biologik) va toksik qurollar zaxirasini yig`ish, ishlab chiqish va ishlab chiqarishni taqiqlash va ularni yo`q qilish to`g`risidagi Konvensiya talablarini mustahkamlovchi hamda to`ldiruvchi hujjat hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu Jeneva protokoliga dunyoning 142 ta davlati, MDH mamlakatlaridan Armaniston, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina hamda Qirg`iziston qo`shilgan.

Senat a`zolari mazkur Qonunning qabul qilinishi respublika mudofaa sohasining samarali tizimini ta`minlash hamda uni rivojlantirish alohida o`rin egallashini, qolaversa, O`zbekistonning xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a`zosi bo`lish yo`lidagi navbatdagi muhim qadam bo`lishini ta`kidladi.

Shuningdek, mazkur Protokolga qo`shilish O`zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi milliy qonunchilik me`yorlariga mos kelishi hamda qonunlar bilan muomalaga kiritilgan xalqaro shartnomalar talablariga zid kelmasligi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1