1

Xitoyda sinovdan o`tkazilayotgan vaksina pandemiyani to`xtatishdagi asosiy qadam bo`lishi kutilmoqda

Dunyo 19.06.2020, 17:21
Xitoyda sinovdan o`tkazilayotgan vaksina pandemiyani to`xtatishdagi asosiy qadam bo`lishi kutilmoqda

Garchi oxirgi kunlarda Pekinda koronavirus bilan bog`liq holatlar soni ortayotgan bo`lsa ham, rasmiylar vaziyat nazorat ostida ekanini ta`kidlashmoqda.

Butun dunyoda shu kecha kunduzda koronavirusga qarshi vaksina sinovlari olib borilmoqda, jumladan Xitoy farmasevtik kompaniyalari ham klinik sinovlar o`tkazmoqdalar. Mazkur amaliyot pandemiyani to`xtatishdagi asosiy qadam bo`lishi kutilmoqda.

Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning yangi o`choqlari aniqlanib, mazkur hududlar qat`iy karantinga olingan.

Jons Xopkins universiteti tomonidan tuzilgan ma`lumotlarga ko`ra, yangi koronavirus natijasida 450 mingdan ortiq odam vafot etgan. Kamida 8.4 million odamda koronavirus borligi tasdiqlangan va to`rt milliondan ortiq odam tuzalib ketgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1