1

Qozog`istonda xodimlari bilan raqsga tushgan hokim jazolandi

Dunyo 19.06.2020, 20:15
Qozog`istonda xodimlari bilan raqsga tushgan hokim jazolandi

Qozog`iston Respublikasining Qarag`anda viloyati Jayrem tumani hokimi Amanqazi Naukenov o`z qo`l ostidagilar bilan birga raqsga tushgani uchun hayfsan oldi. Madaniyat va san`at xodimlari kuni munosabati bilan video ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan edi.

Karajal shahar hokimiyatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, videoda “Jayremskiy go” AJ kasaba uyushma qo`mitasi raisi, Jayrem tumanining madaniy-hordiq markazi direktori va ushbu tashkilotning bir nechta xodimlarini ko`rish mumkin.

Ushbu tadbir mamlakatda ommaviy tadbirlarni o`tkazishga qo`yilgan taqiqni buzgan holda o`tkazilganligi sababli hokimga nisbatan intizomiy jazo qo`llanilgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 16 351 kishi koronavirusga chalingan. Sog`ayganlarning soni 10 195 nafarni tashkil etayotgan bo`lsa, 105 bemor vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1