Chusovitina Oksana Aleksandrovna 1975 yil 19 iyun kuni Buxoro shahrida tug`ilgan. Jahonda sport gimnastikasi bo`yicha Olimpiya o`yinlarida eng ko`p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016). 1992 yil Barselonada o`tgan Olimpiya o`yinlari oltin medali sohibi, 3 karra jahon chempioni.
MOQ axborot xizmati ma`lum qilishicha O.Chusovitina tayanib sakrash, erkin mashq va parallel to`sinlarda bir necha murakkab elementlar muallifi. Osiyo o`yinlari va Osiyo chempionati g`olibi, faoliyatini yakunlamasdan turib, gimnastikaning rivojiga qo`shgan hissasi uchun Xalqaro gimnastika shon-sharaf zalidan o`rin olgan yagona sportchi, shuningdek, sport gimnastikasida Olimpiya o`yinlarida eng ko`p ishtirok etgani uchun “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan.
Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari Chusovitina uchun faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada bo`ladi.