1

Bolalar musiqa va san`at maktablarida ko`zi ojizlar bepul o`qitiladi

Madaniyat 20.06.2020, 20:45
Bolalar musiqa va san`at maktablarida ko`zi ojizlar bepul o`qitiladi

Endilikda nogiron bolalar, shu qatorda ko`zi ojizlar ham Bolalar musiqa va san`at maktablarida bepul ta`lim olishi mumkin. Bu haqda Madaniyat vazirligi Axborot xizmati xabar qiladi. 

Avvalgi tartibga ko`ra, Bolalar musiqa va san`at maktabida ta`lim olayotgan o`quvchilarning umumiy soniga nisbatan 25 foizigacha miqdorda kam ta`minlangan oilalarning farzandlari bepul o`qishi mumkin edi.

Joriy yilda respublika bo`ylab Bolalar musiqa va san`at maktablarida 355 nafar nogiron o`quvchilar ta`lim olishdi, shundan 320 nafari ko`zi ojiz bolalar hisoblanadi.

2020/2021 o`quv yilida  nogironligi bor  650 nafargacha o`quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1