AsosiyDunyo

Moskvada Nazarboevaning 230 millionlik kvartirasi topildi

'Moskvada Nazarboevaning 230 millionlik kvartirasi topildi'ning rasmi

Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevning qizi hamda mamlakat parlamentining sobiq spikeri Darig`a Nazarboevaga tegishli Moskvadagi elita toifadagi kvartira jamoatchilikka ma`lum bo`ldi. Bu haqda Insider nashri xabariga tayanib Sof.uz yozdi.

Povarskaya ko`chasi 20 uy manziliga ega ushbu uyning bozor qiymati qariyb chorak milliard rublni tashkil qiladi (amaldagi kurs bo`yicha 33,7 mlrd. so`m).

U kvartirani 2006 yilda hali oddiy deputat bo`lganida oladi, 2012 yilda u «Fayers Treyder LTD» nomiga qayta rasmiylashtiriladi, bu esa ushbu kompaniya ham Darig`a xonimga qarashli ekanligini bildiradi, deydi nashr. 

Nazarboevaning offshorlari borligi Panama arxivida e`lon qilinganidan keyin oshkor bo`lgan edi. Qozog`istondagi shakar zavodlariga egalik qiluvchi Asterry Holdings Ltd kompaniyasi unga tegishli. Shuningdek, OCCRP ma`lumotlariga ko`ra, Dariga Nazarboevaning oilasi Londonda bir nechta ko`chmas mulkka ega (shu jumladan, Sherlok Xolms muzeyi joylashgan uy ham). Mulklarning umumiy bahosi 200 million dollarga teng. Insiderga ko`ra, Nazarboevaning Moskvada yana bosh ko`chmas mulklari ham bor. Shu sababli prezidentning qizi bir necha bor ochiq ravishda yashirin iqtisodiyotdagi biznesdan chiqib ketishga va chet eldagi pul va aktivlarni yashirmaslikka chaqirilgan.

Darig`a Nazarboeva rasman hech qachon tijorat bilan shug`ullanmagan. 2004 yilgacha menejerlik, 2004 yildan keyin hukumat tuzilmalarida faoliyat yuritgan. Biroq 2013 yilda Forbes nashri uning boyligini 500 million dollar atrofida baholagan. Shu bilan birga, u 2014 yildan beri Forbes Qozog`iston nashri tomonidan tuziladigan mamlakatning eng boy 50 millionerlari ro`yxatiga kiritilmagan (ushbu ro`yxatga kirish uchun eng kamida $50 mln. kapitalga ega bo`lish kerak).

 

    Boshqa yangiliklar