1

Olimlar inson immuniteti COVID-19’ga qarshi qancha muddat kurasha olishini aniqladi

Dunyo 21.06.2020, 23:30
Olimlar inson immuniteti COVID-19’ga qarshi qancha muddat kurasha olishini aniqladi

Xitoyning Chusin tibbiyot universiteti olimlari koronavirus infeksiyasining tashuvchilari ustida dastlabki tajribani o`tkazdi hamda sakkiz haftadan so`ng ko`pchilikda antitana darajasi kamayishini aniqladi, deb yozadi CNBS manbasiga tayanib Daryo.

Olimlarning so`zlariga ko`ra, simptomlarsiz koronavirus tashxisi qo`yilgan bemorlarda antitanalar tezroq yo`qoladi.
«Ushbu natijalar populyasion immunitet ishlab chiqish hamda koronavirus ustidan to`liq g`alaba qozonish imkoniyatini shubha ostiga qo`yadi», — deyiladi xabarda.

Olimlar simptomlarsiz koronavirusga chalinish bilan bog`liq 37 ta holat hamda simptomlar bilan kasallangan 37 nafar bemorni kuzatish natijalariga ko`ra shunday xulosaga kelgan.

«Sakkiz haftalik kuzatuvlar mobaynida 81 foiz simptomlarsiz kasallarda hamda 62 foiz COVID-19 simptomlari aniqlangan bemorda antitanalar miqdori kamaygani aniqlangan», — deydi olimlar.

Ularning hisoblashicha, qayta kasallanish ehtimolini vaqt ko`rsatadi. Simptomlarsiz og`rigan bemorlarda mustahkam immunitet shakllanmaydi. Vaqtinchalik immunitet esa 2-3 oyga etishi mumkin.

Olimlarning hozirda virusning ta`sir doirasini o`rganmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1