300ga yaqin kishi hibsga olindi. Lukashenko hech kimga Belarusni «buzib tashlashga» yo`l qo`ymasligini takrorladi

Dunyo 22.06.2020, 07:45
300ga yaqin kishi hibsga olindi. Lukashenko hech kimga Belarusni «buzib tashlashga» yo`l qo`ymasligini takrorladi

Belarusiyada prezidentlik saylovi bo`yicha namoyishlar chog`ida 300 ga yaqin kishi hibsga olindi. Belarusiyada ro`yxatdan o`tmagan «Vesna» inson huquqlari markaziga ko`ra, 20 iyun kuni kamida 19 kishi hibsga olingan. Mamlakat IIV ma`lumotlariga ko`ra, 19 iyun kuni 270 ga yaqin kishi hibsga olingan.

19 iyunda kuni miting ishtirokchilari avvalroq hibsga olingan prezidentlikka nomzod Viktor Babariko va amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning boshqa raqiblari bilan birdamlikni izhor etish uchun keldilar. Kecha, 20 iyun kuni aksiyalar Belarusiyaning bir qator shaharlarida davom etdi. Babariko «Belgazprombank ishi»da ayblanmoqda. Uning advokati Dmitriy Laevskiy nomi ayblovda bo`lmagan.

Mamlakat rasmiylari so`nggi kunlarda Belarusich prezidenti lavozimiga muqobil nomzodlar bilan o`tkazilgan birdamlik piketlarini ruxsatsiz ommaviy aksiyalar, deb biladi. Ularning tashkilotchilari va ishtirokchilari tartibni buzganlik uchun javobgardirlar, dedi Minsk shahar ijroiya qo`mitasi raisining o`rinbosari Artem Tsuran.

Prezidentlikka nomzodlar Yuriy Gubarevich va Aleksandr Tabolik saylov kampaniyasini davom ettirishdan bosh tortdilar.

Ushbu voqealar fonida Lukashenko mamlakatda «vaziyatni siljitish» va uni «Maydan» (inqilob)ga olib kirishga urinish bo`lganini aytdi, ammo rasmiylar bunga qarshilik ko`rsatdilar. Kecha u hech kimga Belarusni «buzib tashlashga» yo`l qo`ymasligini takrorladi.

Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko davlatni 1994 yildan buyon boshqarmoqda. 9 avgustda bo`ladigan saylovlarda u oltinchi marta o`z nomzodini qo`ymoqda. Lukashenkoni Evropada «Evropaning so`nggi diktatori» deb ham atashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1