1

"Biz tayyormiz!" Turkmaniston JSSTning tashrifini kutmoqda

Dunyo 22.06.2020, 08:50
"Biz tayyormiz!" Turkmaniston JSSTning tashrifini kutmoqda

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo`yicha mavjud vaziyatga bag`ishlangan brifingda ma`lum qilishicha, uning mamlakati iyul oyi boshida Jahon sog`liqni salash tashkilotining ekspert missiyasini qabul qilishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Turkmaniston Axborot portali veb-sayti xabariga ko`ra, chet ellik diplomatlar va jurnalistlar bilan suhbatda, Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti Evropa byurosi bilan yaqinda bo`lib o`tgan onlayn muzokaralarda ham Rashid Meredov   Turkmaniston JSST ekspertlarini qabul qilishga tayyorligini ta`kidlagan edi.

“Turkmaniston tomoni buning uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda va biz ekspertlardan tashrifning aniq sanasini kutamiz,- dedi vazir, -  Ular biz bilan birga ishlasin va Turkmanistondagi vaziyatga ob`ektiv baho berishsin. Biz bunga tayyormiz!”

Rashid Meredov, shuningdek, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining Turkmanistonga kelishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini va missiya tugaganidan so`ng xulosalar Evropaga yuborilishini aytdi.

Turkmaniston vakillarining rasmiy xabarlariga ko`ra, mamlakatda COVID-19 koronavirusi aniqlanmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1