1

Olimlar koronavirus sababli qand kasalligi rivojlanishidan ogohlantirmoqda

Salomatlik 22.06.2020, 09:05
Olimlar koronavirus sababli qand kasalligi rivojlanishidan ogohlantirmoqda

Avstraliya, Fransiya, Italiya, AQSh, Germaniya, Kamerun va singapurlik olimlardan iborat xalqaro guruh koronavirus nafaqat qand kasalligi davolanishini qiyinlashtirishi, balki uning rivojlanishini keltirib chiqarishi haqidagi xulosaga kelishdi. 

New England Journal of Medicine nashrida ma`lum qilinishicha, koronavirus va qand kasalligi o`rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud, deya yozmoqda "Dori-darmon" AK.

“Koronavirusga chalinganlarda qand kasalligi boshlanishi va mavjud bo`lgan qand kasalligining og`ir metabolik asoratlari kuzatilgan”, deyilgan maqolada. 

Olimlar koronavirusning hujayralarga kirib borishini ta`minlovchi ACE-2 fermenti oshqozonosti bezi beta-hujayralariga, yog` to`qimasi, ingichka ichak va buyraklarga ta`sir qilishi haqidagi taxminni ilgari surishdi. Buning natijasida koronavirus glyukoza metabolizmi o`zgarishini keltirib chiqarishi mumkin.

Olimlar koronavirus oqibatida rivojlanuvchi qand kasalligi uning yangi turi hisoblanishi yoki ma`lum bo`lgan ikki turidan biriga tegishli ekanini hali bilishmaydi. 

Bu muammoni hal qilish uchun olimlar guruhi koronavirus bilan bog`liq qand kasalligiga ega bemorlar global ro`yxatini tuzishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1