1

Koronavirusni eng tez aniqlovchi test ixtiro qilindi

Dunyo 22.06.2020, 14:57
Koronavirusni eng tez aniqlovchi test ixtiro qilindi

Yaponiyaning etakchi farmasevtika kompaniyalaridan biri Shionogi bugun, 22 iyun kuni inson organizmida yangi koronavirus mavjudligini aniqlovchi dunyodagi eng tezkor testga lisenziya olganini rasman e`lon qildi. Murakkab uskunalar va professional shifokorlarni jalb qilmasdan 30 daqiqa ichida infeksiyani aniqlashga imkon beradi, deyiladi korporasiya saytida.

Test tupuk orqali virusni aniqlashga asoslangan. Ma`lum qilinishicha, u aniqlik borasida zanjir testidan qolishmaydi. Yangi metodologiya Nixon universiteti, Gumma universiteti va Tokio tibbiyot universitetining qo`shma tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

Shionogi, birinchi navbatda, chet eldan Yaponiyaga kirib kelayotgan yo`lovchilarni tekshirish uchun yangi testdan foydalanishni taklif qilmoqchi.

Pandemiya boshlangandan beri dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 9 milliondan oshdi. Yaponiyada ushbu kasallikka qariyb 18,6 ming kishi chalindi, 970 bemor vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1