1

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan gaplashdi

Siyosat 22.06.2020, 15:57
Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev bilan gaplashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 22 iyun kuni Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Suhbat avvalida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Elboshi Nursulton Nazarboevga tez orada tuzalib ketishini, mustahkam sog`lik va kuch-quvvat tiladi.

Muloqotda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, shuningdek, O`zbekiston va Qozog`istonning jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlari va iqtisodiyotlariga pandemiya oqibatlarining salbiy ta`sirini kamaytirish borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan birgalikda ko`rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Bu boradagi sa`y-harakatlarni muvofiqlashtirishni yanada kuchaytirish muhim ekani ta`kidlandi.

Ko`p asrlik do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O`zbekiston-Qozog`iston amaliy hamkorligi kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O`zaro manfaatli aloqalarning ustuvor yo`nalishlarida qo`shma loyihalar amalga oshirilmoqda. O`ndan ortiq yangi loyihani amalga oshirish nazarda tutilayotgan sanoat kooperasiyasini mustahkamlash bo`yicha “yo`l xaritasi” ma`qullandi.

Bo`lajak uchrashuv va tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot so`ngida ikki davlat etakchilari O`zbekiston va Qozog`iston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1