Osiyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, iroqlik sportchi Ahmad Radi 57 yoshida koronavirus asorati tufayli vafot etdi. Bu haqda Aljazeera manbasiga tayanib Yuz.uz xabar bermoqda.
Radida koronavirus borligi aniqlangach, u 13 iyun kuni Bog`doddagi kasalxonaga yotqiziladi. 18-iyun kuni uning ahvoli yaxshilanadi va unga kasalxonadan uyga qaytishga ruxsat beriladi.
Ammo uyda sportchining tobi qochadi va yana kasalxonaga qaytib keladi. Uni do`stlari samolyotda Iordaniyaga jo`natmoqchi edilar, ammo ulgurisholmadi. 21 iyun kuni u hayotdan ko`z yumdi.
Ahmad Radi o`z kasbiy faoliyatini 1982 yilda Bag`dodning "Al-Zavraa" klubida boshlagan. Shuningdek, u Bag`dodning “Al-Rashid” va Qatarning “Al-Vakra” jamoalarida ham to`p surgan. U besh marta Iroq chempionligida g`olib bo`lgan va Qatar chempionatida mohir to`purar bo`lgan.
U Iroq uchun 121 ta o`yin o`tkazdi va 62 ta gol urdi. U 1986 yilda Iroq terma jamoasining yagona goli muallifi bo`lgan. Jahon chempionatida Iroq bilan ikki marta Arab davlatlari kubogini, shuningdek, Pan-Arab o`yinlari va Fors ko`rfazi kubogini yutgan. 1988 yilda Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Osiyoning XX asrning eng yaxshi futbolchilari ro`yxatida 9-o`rinni egalladi.
Radi murabbiy sifatida Iroqning Al-Shorta, Al-Quva, Al-Zavra jamoalari bilan hamkorlik qildi. Iroq yoshlar terma jamoasiga murabbiylik qilgan.
Iroqda 30 mingga yaqin koronavirus holati qayd etilgan, 1100 kishi vafot etgan.