AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev bugun va erta Moskvada bo`ladi

'Shavkat Mirziyoev bugun va erta Moskvada bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo`ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qildi. 

Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan. Ko`p qirrali O`zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko`rib chiqiladi.

24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G`alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar