“O`zneftmahsulot” AK benzin bilan bog`liq mish-mishlarga yana bir bor oydinlik kiritdi.
Kompaniya rasmiy saytida quyidagi rasmiy xabar qoldirilgan:
“Shov-shuvlar o`rinsiz!
Muhtaram hamyurtlar! Aziz iste`molchilar! Guvohingiz bo`layotganidek, bir necha kundan beri ayrim hududlaridagi, shu jumladan Toshkent shahridagi AYoQShlarda avtobenzinga bo`lgan navbat ko`payib, Siz – istemolchilarimizga ma`lum darajada noqulaylik tug`dirmoqda va bu hol haqli ravishda e`tirozlaringizga sabab bo`lmoqda. Kompaniyamiz mutasaddi xodimlari tegishli nazorat organlari bilan hamkorlikda vaziyatni o`rganib, uni bartaraf etish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirmoqda.
Toshkent shahri va joylarda sayyor guruhlar tuzilib, ular kechayu-kunduz nazorat va tahlil ishlari olib borishmoqda. Tahlillarimizga ko`ra bunday holatga ayrim shov-shuv ishqibozlarilarining “Yonilg`i ishlab chiqarish kamayib ketganligi sababli, avtobenzin taqchilligi yuzaga kelib, uning narxi oshib ketar ekan”, “Bozorga chiqariladigan avtobenzinning limiti tugapti” – degan uydirmalariga ishongan ba`zi hamyurtlarimizning avtobenzinni mumkin qadar ko`proq zahira qilib olishga harakat qilayotganligi va mazkur vaziyatdan foydalanish ilinjida bo`lgan nopok kimsalarning chayqovchilik yo`liga o`tayotganligi ham sabab bo`lmoqda. Avval xabar qilganimizdek, so`nggi kunlarda respublikamizning ayrim hududlaridagi, shu jumladan Toshkent shahridagi ba`zi AYoQShlarda avtobenzinga bo`lgan navbat ko`payib, aholiga muayyan darajada noqulaylik tug`dirmoqda va e`tirozlarga sabab bo`lmoqda. Tahlillarimizga ko`ra bunday holatga ayrim shov-shuv ishqibozlarining “Yonilg`i ishlab chiqarish kamayib ketganligi sababli, avtobenzin taqchilligi yuzaga kelib, uning narxi oshar ekan” – degan uydirmalariga ishongan ba`zi hamyurtlarimizning avtobenzinni mumkin qadar ko`proq zahira qilib olishga harakat qilayotganligi ham sabab bo`lmoqda.
“O`zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Sizlarni to`liq ishontirib ta`kidlaydiki, mamlakatimizda avtobenzin va boshqa YoMMlar ta`minoti bo`yicha muammo yo`q, bo`lmaydi ham. Chunki, Respublikamizda jahon standartlariga javob beradigan barcha yonilg`i-moylash mahsulotlari etarli miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Neft xomashyosi nafaqat mamlakatimiz ichki ehtiyojini qondirish uchun, balki muayyan miqdordagi yonilg`i-moylash mahsulotlarini eksport qilish uchun ham etarli miqdorda qazib chiqarilib, qayta ishlanmoqda. “O`zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Sizlarni to`liq ishontirib ta`kidlaydiki, Respublikamizda yonilg`i-moylash mahsulotlari etarli miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Ayni kunlarda yuzaga kelgan mazkur muammoni hal etish, kamchiliklarni bartaraf etish, aholini avtobenzinga bo`lgan ehtiyojini to`liq qondirish yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shularni e`tiborga olib, qadrli hamyurtlar, Sizlardan avtomobilingizga yonilg`i quyish jarayonida yon-atrofingizdagi iste`molchilarning, shuningdek yonilg`i quyuvchilarning nopok harakatlarini hamda tashmachilik va chayqovchilik ilinjida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlarni sezgudek bo`lsangiz o`sha joydagi vakillarimizga, nazorat organlariga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O`zdavneftgazinspeksiya”ning ((0371) 268-04-50) va kompaniyaning ((0371) 231-14-21) ishonch telefonlariga ma`lum qilishingizni so`raymiz. Bu bilan Siz o`z fuqarolik burchingizni bajargan va vaziyatni o`nglash ishiga katta hissa qo`shgan bo`lasiz. Sizlarni yana bir bor yonilg`i ta`minotida uzilish bo`lmasligiga ishontiramiz va Sizlardan turli shov-shuvlarga inonmaslikni va ogoh bo`lishni so`raymiz!”





