Prezident Qosim-Jomart To`qaev Nur Sultonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ishtirok etgan qozog`istonliklarga haykal o`rnatish kerakligini aytdi, deya xabar beradi Tengrinews.kz BizBirgemiz onlayn forumidan.
— Pandemiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etganlar davlat mukofotlariga sazovor bo`ladilar. Bu kasallikdan xalos bo`lganimizdan keyin poytaxtimizda ularning qahramonligi aks etgan yodgorlik o`rnatishimiz kerak. Fuqarolarimiz yanada farovon hayot kechirishining tilakdoshiman. Biz albatta g`alaba qozonamiz, chunki biz birgamiz, — degan Qosim-Jomart To`qaev






