Rossiyada o`rtacha ish haqi 2023 yilgacha o`n ming rublga o`sishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.
Bu ijtimoiy sug`urta jamg`armasi byudjetining asosiy tavsiflari loyihasidan kelib chiqadi.
Hisob-kitobda bir qator ko`rsatkichlar, shu jumladan, bir xodimga nominal o`rtacha oylik ish haqi inobatga olingan. Bu ko`rsatkich 2019 yilda 47867 rublni, 2020 yilda 47531 rublni tashkil etmoqda, 2021 yilda 51066 rubl, 2022 yilda 54131 rubl, 2023 yilda 57675 rubl bo`lishi kutilmoqda.
Hujjat loyihasi Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Rossiya ijtimoiy va mehnat munosabatlarini tartibga solish bo`yicha uch tomonlama komissiyasiga taqdim etilgan.
Bugungi kunda mamlakatdagi o`rtacha oylik ish haqi miqdori 49,306 ming rublni tashkil etadi.






