AsosiyDunyo

Meksikada 447 ta er silkinishi qayd etildi: qurbonlar bor

'Meksikada 447 ta er silkinishi qayd etildi: qurbonlar bor'ning rasmi

Seshanba kuni Meksika janubida 7,5 magnitudali zilzila bo`ldi. Erosti silkinishlarining episentri Oaxako shtati Krusesita shahridan 23 kilometr janubda qayd etilgan. Milliy seysmologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, mahalliy vaqt bilan 14:30 gacha 447 ta takroriy zilzila qayd etilgan. Eng kuchlisi 4,6 magnitudali bo`lgan.

Oaxaka shtati  hududida 6 ta o`lim qayd etildi, 4 kishi jarohatlangan. 3 ta federal va 5 mintaqaviy avtomagistrallarda ko`chki, 500 ta qurilma va 15 ta tibbiyot muassasasi, shuningdek, 4 ta arxeologik hududda zararlanish aniqlangan.

Zilzila mamlakatning 11 ta shtatida bilingan, biroq ulardan o`ntasi — Chiapas, Gerrero, Morelos, Tabasko, Verakrus, Puebla, Michoakan, Tlaskala, Idalgo va Mexiko jiddiy vayronalar haqida ma`lum qilmagan. Shu bilan birga, fuqaro muhofazasi milliy boshqarmasi xabariga ko`ra, 30 kishi turli darajada jarohat olgan.

    Boshqa yangiliklar