AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni bu yilgi hojilar sonini va Haj amali shartlarini ma`lum qildi

'Saudiya Arabistoni bu yilgi hojilar sonini va Haj amali shartlarini ma`lum qildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, 22 iyun kuni Saudiya Arabistoni Haj 2020 mavsumi o`tkazilishi, lekin koronavirus xavfi tufayli unda qatnashuvchilar soni cheklanishini ma`lum qilgandi.Unga ko`ra,bu yili Qirollikka xorijdan musulmonlarning Haj uchun kelishlariga ruxsat berilmaydi.

Saudiya hukumatining xabar berishicha ,bu yil haj ibodatini bajaruvchilar soni 1000 tagacha qisqartirilishi mumkin.Sog`liqni saqlash vaziri Tavfiq Al-Rabia 23 iyun kuni bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Qirollik bu yilgi Haj davrida hojilarning salomatligini saqlay olishga qodirligini ma`lum qilgan.

“Sog`liqni saqlash vazirligi hojilarga xizmat bo`yicha tajriba to`plagan.Hozirda vazirlik musulmonlarga xizmat qilish va ularning salomatligini asrash bo`yicha etarlicha xodim va texnik bazaga ega”, deydi Al-Rabia.

Shuningdek,uning aytishicha,bu yilgi hojilar Haj amalidan oldin va keyin izolyasiyaga olinadi va ushbu ibodat davomida ularga tibbiyot xodimlari hamrohlik qiladi. Al-Rabia bu yilgi hojilar sonini kamaytirish muhimligini ham ta`kidlab o`tgan.

“Faqat hozirda Qirollikda yashayotgan, 65 yoshdan oshmagan va surunkali kasallikka chalinmagan musulmonlargagina Hajni amalga oshirishlariga ruxsat beriladi. Ular muqaddas joylarga kelmaslaridan oldin test topshiradilar va Hajni ado qilganlaridan so`ng izolyasiyaga olinadilar”, deydi Al-Rabia.

Saudiyaning Haj va Umra vaziri Muhammad Benten Solih hojilar sonining 1000 tagacha qisqartirilishi bo`yicha qaror Qirollikning Hajni tashkillash bo`yicha prinsiplari va oldingi tajribalaridan kelib chiqib qabul qilinganligini,bunday qilishdan asosiy maqsad koronavirus pandemiyasi davrida hojilarning salomatligi va xavfsizligini ta`minlash ekanligini aytgan.

“Bu juda nozik jarayon hisoblanadi. Biz Hajni xavfsiz o`tkazish uchun sog`liqni saqlash vazirligi,ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralarning mutaxassislari bilan birgalikda ish olib bormoqdamiz”, degan Solih.

    Boshqa yangiliklar