AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19 koronavirus infeksiyasiga yangi— “kung-flyu” yoki “xitoy grippi” nomini berishni taklif etdi, deya yozmoqda O`zA.
“Men COVID-19 ni 19 yoki 20 ta nom bilan atashim mumkin edi, dedi u. “Uxan” eng esda qoladigan nom edi. Koronavirus ham. Kung-flyu ham. COVID-19. COVID. Men 19 nima degani, deb so`radim? Ayrim odamlar 19 yoki COVID-19 nima ekanligini tushuntirib berolmadi. Bu juda g`alati nom.
“Ayrimlar uni xitoy grippi, deb atamoqda. Axir, rostdan ham xitoy grippida, shunday emasmi?” — dedi Tramp, Arizona shtatida omma oldida so`zga chiqib.
Tramp "Kung-flyu" nomini Xitoy yakkakurashi "kung-fu" atamasidan yasab olganini ta`kidladi, flu inglizcha gripp ma`nosini bildirishini ham aytib o`tdi.






