Rossiya prezidenti matbuot kotibi Peskov Qirg`iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekovga Moskvaga kelgani uchun tashakkur aytdi. Va bayram tadbirlari ishtirokchilari sog`ligini xavf ostida qoldirmay unda ishtirok etmaslikka qaror qilgani uchun Kreml undan minnatdor ekanligini bildirdi.
Xabaringiz bor, kecha Moskvada bo`lib o`tgan G`alaba paradida qatnashish uchun borgan qirg`iz delegasiyasi a`zolarining ikki nafarida koronavirus aniqlangan edi.
Jeenbekov esa Bishkekka qaytib kelgandan so`ng, COVID-19ga test topshirdi. Uning natijalari manfiy bo`lib chiqdi.






