O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga jo`nab ketdi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari tashrif davomida viloyatning qator tumanlarida bo`lib, keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari, aholi bandligi va farovonligini ta`minlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.







